Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda odamlar yangi virus bilan zararlanyapti

Xitoyda odamlar yangi virus bilan zararlanyapti

Xitoyda odamlarda yuqori patogenli H5N6 parranda grippi virusi bilan kasallanishning beshta yangi holati qayd etildi.

Janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasining ikki nafar fuqarosi ushbu infeksiyadan vafot etgan. Sharqiy Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou shahrida yashovchi bir odam ham mazkur virusni yuqtirib olgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir, deb baholamoqda. Yana ikki bemor janubiy Guansi-Chjuan avtonom viloyati aholisi bo‘lib, ular ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Odamlar orasida parranda grippining H5N6 shtammi birinchi marta 2014 yilning mayida aynan Xitoyning Sichuan provinsiyasida aniqlangan edi.

Kiritildi: 20:35 14.01.2022. O'qildi: 4433 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!