Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoyda mamlakat oliy rahbariyatida korrupsiya ayblovlari bilan “tozalash” ishlari davom etmoqda — Reuters

Xitoyda mamlakat oliy rahbariyatida korrupsiya ayblovlari bilan “tozalash” ishlari davom etmoqda — Reuters

Xitoy Favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi ham “jiddiy intizom va qonunbuzarlik”, ya’ni korrupsiyada gumon qilinmoqda.

Xabar berilishicha, bungacha amaldagi vazirlarga nisbatan kamdan-kam hollarda jinoiy ish ochilgan. Van esa vazirlikdan tashqari Kommunistik partiya kotibi ham hisoblanadi.

Avvalroq Mudofaa vazirligi Xitoy yetakchisi Si Jinpinning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘p yillik kampaniyasi doirasida general Chjan Yusyaga nisbatan tergov boshlanganini e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra u harbiy rahbarlikda Si Jinpindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

"Si Jinpin joriy oyda korrupsiyaga qarshi kurashni Xitoy yutqazmasligi kerak bo‘lgan “jang” deb atadi. O‘tgan yili yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan 65 ta tergov o‘tkazilgan. Sobiq universitet va davlat korxonalari rahbarlari ham nazorat ostiga olingan", deb xabar bermoqda Reuters.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!