Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoyda ko‘mir koni portladi

A A A
Xitoyda ko‘mir koni portladi

Xitoyning Shensi muzofotidagi ko‘mir konida portlash yuz berdi va 11 kishi halok bo‘ldi.

21 avgust kuni Sintay shaxtasida hodisa sodir bo‘lgan payt 90 kishi ishlayotgan edi.

Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, 81 nafar konchi yer yuzasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ulardan ikki nafari og‘ir jarohat tufayli vafot etdi. 11 kishi yengil tan jarohati oldi.

Bugun ertalab yer ostida qolib ketgan 9 ishchining jasadi topildi.

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, favqulodda xizmat va polisiya xodimlari ishlayapti.

Kiritildi: 11:53 23.08.2023. O'qildi: 2181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik