So‘nggi bir kun ichida Xitoyda koronavirusning 105 ta yangi holati tasdiqlandi. Ularning 61tasida kasallik faol, 44tasida esa belgisiz kechmoqda, deya xabar beradi davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.
Shu bilan birga, 61 ta faol holatdan 41 tasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida, 14 tasi Lyaonin provinsiyasida va ikkitasi Jilin viloyatida aniqlangan, qolgan 4 tasi chet eldan "keltirilgan".
Umuman olganda, pandemiya davrida Xitoyda 83,891ta koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ammo kasallikni belgisiz o‘tkazayotgan bemorlar ushbu statistikaga kirmaydi. Ayni paytda 339 bemor kasalxonalarda qolmoqda. Mamlakatda Covid-19 natijasida vafot etganlarning umumiy soni 4634 nafarni tashkil qiladi.