Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda kondagi avariya oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Xitoyda kondagi avariya oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi (Janubi-g‘arbiy Xitoy) ko‘mir konida yuz bergan avariya oqibatida yetti nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda Xinhua xabar berdi.

Hodisa chorshanba kuni Sichuan provinsiyasining Leshan shahrida konchilar ko‘mir konida ventilyasiya shaxtasini muhrlash ustida ishlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida sakkiz kishi qamalib qolgan.

Keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida yetti kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi, bir kishi bedarak yo‘qolgan deb topildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, mahalliy hokimiyat organlari halokat sabablarini o‘rganmoqda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:40 21.08.2024. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!