Xitoyning shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasidagi kimyo zavodi portladi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar qilmoqda Sinxua yangiliklar agentligi.
Hodisa shanba kuni kechqurun Anta shahrida sodir bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan, bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.
Xabar qilinishicha, yong‘in shanba kuni ertalabgacha o‘chirilgan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi vakillari hududni zararli moddalar bilan ifloslanish ehtimolini tekshirmoqda, favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.