Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoyda avtobus portladi: qurbonlar bor

A A A
Xitoyda avtobus portladi: qurbonlar bor

Portlash shanba kuni Shenyan shahrida (Shimoli-Sharqiy Xitoy, Lyaoning provinsiyasi markazi) avtobusda sodir bo‘ldi. “Xuansyu shibao” gazetasining yozishicha, bir necha yo‘lovchi jarohatlangan.

Portlash mahalliy vaqt bilan 17:52 da avtobus Xuangu tumanidagi Xuanxe dasze prospekti va Ninshanlu ko‘chasi kesishmasida bo‘lganda sodir bo‘lgan.

Salonda kuchli portlash natijasida havo to‘lqini derazalarni sindirib yuborgan va avtobusning kuzovini shikastlagan. Guvohlarning videotasvirlarida qonga belangan ikki erkakni ko‘rish mumkin.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, 42 kishi yaralangan.

Kiritildi: 17:30 13.02.2022. O'qildi: 3879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik