Ta’kidlanishicha, o‘ta o‘tkazuvchan magnitlar, tortish tizimi va osilgan konstruksiyalarning ishlashi sinovdan o‘tkazilgan va avvalroq 623 km/soat tezlikka erishishi aytilgandi. Biroq bu tezlikda to‘liq o‘lchamli yoki kichikroq model sinovdan o‘tkazilgani aniqlanmagan (maglev uchun 603 km/soatlik rekord 2015 yilda Yaponiyada o‘rnatilgan).
T-Flight loyihasi CASIC aerokosmik korporasiyasi rahbarligida amalga oshirilmoqda. Bu Hyperloop texnologiyasidan foydalangan holda poyezdlar harakatini tashkil qilish imkonini berishi kutilmoqda: past vakuumli muhitda 1000 km/soat tezlikda. Xitoyda sinovdan o‘tkazish uchun Shanxay va Xanchjou o‘rtasida (masofa 165 km) qurilish boshlangan.