Xitoy va Yaman husiylari o‘rtasida yashirin ittifoq mavjud bo‘lib, bu Pekinning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhni qurollar bilan ta’minlashdagi rolidan dalolat beradi, deyiladi Isroil matbuoti xabarida.
AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, husiylar Qizil dengiz bo‘ylab operasiyalarida Xitoyning uchuvchisiz samolyotlari, kemalarga qarshi raketalar va aniq boshqariladigan o‘q-dorilar kabi qurollaridan foydalanmoqda.
Buning evaziga husiylar Xitoy kemalariga ushbu muhim dengiz yo‘llaridan xavfsiz o‘tishlarini ta’minlaganliklari xabar qilingan.