Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish sohasiga 100 million dollar sarmoya kiritadi

Xitoy O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish sohasiga 100 million dollar sarmoya kiritadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Xitoyning Beijing Hong Tianli Pharmaceutical kompaniyasi o‘rtasida sog‘liqni saqlash hamda farmasevtikani rivojlantirish ko‘zda tutilgan memorandum imzolandi. Hujjat 5 noyabr kuni Toshkentda palata raisi Ravshan Izamov va xorijiy kompaniya prezidenti U Sinze tomonidan imzolandi, deya xabar beradi «Gazeta.uz»ga palata matbuot xizmati.

Mazkur kompaniya an’anaviy xitoy tibbiyot reseptlari asosida dorivor o‘simliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hujjatga ko‘ra, kompaniya Xitoydan dori-darmonlarni O‘zbekistonga yetkazib beradi, «bozor o‘rganilganidan so‘ng respublikada dorivor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda», — deyiladi matbuot xizmati ma’lumotida.

Memorandumda qayd etilishicha, kompaniya shuningdek, reabilitasiya shifoxonasi va an’anaviy tibbiyotga asoslangan sanatoriy-kurort shaharchasini ham ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birgalikda, tomonlar birinchi bosqichda diabet, gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklari va jigarning turli xil xastaliklarini davolashga qaratilgan, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan besh turdagi dori vositalarini targ‘ib qilishga kelishib oldilar.

«Bozor tahlili ijobiy prognoz bersa, Xitoy tomoni 2020−2024 yillarda asta-sekin respublikaga 100 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilishni rejalashtirmoqda», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:00 09.11.2019. O'qildi: 1732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!