Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy uyg‘urlar qatag‘onini qo‘llab-quvvatlagani uchun BAAga minnatdorlik bildirdi

Xitoy uyg‘urlar qatag‘onini qo‘llab-quvvatlagani uchun BAAga minnatdorlik bildirdi

Birlashgan Arab Amirliklari Xitoydan uning Shinjondagi repressiv siyosatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik olgan musulmon mamlakatlar klubiga qo‘shildi. Dushanba kuni Prezident Si Szinpin Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid an-Naxayyanni qabul qildi va BAAni Shinjondagi “xavfsizlik tadbirlari”ni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirgan, deb CCTV davlat telekompaniyasi xabar bermoqda.

O‘z navbatida, Abu-Dabi valiahd shahzodasi BAA «Xitoyning etnik ozchiliklar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi» deb aytgan. Shuningdek, u BAA Xitoy bilan «terrorchi ekstremist kuchlarga (jumladan, Pekin uyg‘ur separatizmi qo‘zg‘atishga urinishda ayblagan Sharqiy Turkiston islom harakatiga) qarshi birgalikda zarba berish»ga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. 

Muhammad bin Zaidning Xitoyga tashrifi 45 kishi halok bo‘lgan Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi hukumat tarafdori bo‘lgan guruhlar shafqatsiz hujumlari bo‘lib o‘tayotgan sharoitlarda ro‘y bermoqda. 

Pekin hozirgi paytda Shinjon shimoliy-g‘arbiy mintaqasida olib borayotgan repressiv siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro yordam izlamoqda.

Lagerlar mavjudligini dastlab inkor qilgan Xitoy Pekin tomonidan «professional ta’lim markazlari», deb atalayotgan lagerlar tizimiga qarshi global qarshi turish uchun blis-piar amalga oshirish niyatida.

Shu paytgacha Pekin katta muvaffaqiyatlarga erishdi, 37 mamlakat, jumladan, Saudiya Arabistoni va Jazoir kabi musulmon mamlakatlar Xitoyning uyg‘urlarga va boshqa etnik ozchiliklarga munosabatini himoya qilib xat yozdilar.
Xat 21 mamlakat va Yaponiya birgalikda Xitoyning Shinjondagi harakatlarini qoralagan matnga imzo qo‘yganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Xitoyni bunday keng qo‘llab-quvvatlashning asosiy sabablari Xitoy va uning loyihalariga iqtisodiy qaramlik, shuningdek, ko‘plab imzo qo‘ygan mamlakatlar o‘zlarida uyg‘urlar analogini topishi mumkinligini hisobga oladigan bo‘lsak, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyilini amalga oshirishga siyosiy intilish hisoblanadi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Si Szinpin va Muhammad bin Zaid, shuningdek, Xitoyning «Bitta kamar – bitta yo‘l» tashabbusi – Osiyo, Afrika va Yevropada dengiz, avtomobil va tamir yo‘llarni qamrab oladigan 1 trillion dollarlik dastur va savdo masalalarini muhokama qildilar.

CCTV ma’lumotlariga ko‘ra, Si ikkala mamlakat 2030 yilga kelib ikki tomonlama savdoda 200 milliard dollarlik ko‘rsatkichga yetishga intilishi lozimligini ma’lum qilgan. Xitoy savdo vazirligiga ko‘ra, 2018 yil ikki mamlakat o‘rtasida ikki taraflama savdo 45,9 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy Prezidenti, shuningdek, Xalifa porti konteyner terminalining ikkinchi bosqichini «yaxshi rivojlantirish»ga, shuningdek, Xitoy va BAA o‘rtasida sanoat qurilishi sohasida hamkorlik namoyish zonasi hamda ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma loyihalarga chaqirgan.

Kiritildi: 11:04 25.07.2019. O'qildi: 3480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!