Xitoy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yangi bojlardan xavotirda emas va javob choralarini ko‘rishga tayyor.
Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, tahlilchilar Xitoyning Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yangi bojlardan "qo‘rqmasligi" va qat’iy javob berishga tayyorligini bildirdilar. Shuningdek, ular ikki geosiyosiy raqib o‘rtasida hali ham manyovr uchun imkoniyat mavjudligini qo‘shimcha qildilar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xitoy endi avvalgidek emas, shuning uchun u Amerika tariflariga tayyor va javob choralarini ko‘rishi mumkin.
Shu bilan birga, 10 foizlik tariflar AQSh va Xitoy munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatmasligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, material mualliflari Tramp saylovoldi tashviqoti paytida 60 foizlik bojlarni joriy etishga va’da berganini eslatadi.