Xitoy bilan ziddiyat kuchaysa, Tayvan «halokat»ga duch keladi, dedi Xitoy Davlat kengashi qoshidagi orol ishlari bo‘limi raisi Chen Binxua. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.
"Biz hech qachon kuch ishlatishdan voz kechish majburiyatini o‘z zimmamizga olmaymiz....Tayvanda qancha qo‘shin borligi va qancha qurol sotib olgani muhim emas, tashqi kuchlar aralashuvi ham muhim emas. Agar [Tayvan] tavakkal qilishga jur’at etsa, bu uning o‘z halokatini keltirib chiqaradi," - dedi Chen Binxua.
Uning ta’kidlashicha, Xitoyning milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari "bir daqiqa ham to‘xtamaydi." "Biz imkon qadar samimiy va qat’iyat bilan tinch yo‘l bilan birlashishga intilishga tayyor ekanimizni bildiramiz..." - dedi Chen Binxua matbuot anjumanida.
U Tayvan yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlar fonida bayonot berdi. 14 oktyabr kuni Xitoy armiyasi Tayvan atrofidagi suvlarda "Qo‘shma qilich - 2024B" mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Katta polkovnik Li Sining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Tayvanning mustaqilligiga intilayotgan "separatist kuchlar" uchun "kuchli" to‘siq bo‘lishi kerak. Manyovrlarda harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari, raketa qo‘shinlari va boshqalar qatnashdi. Tayvan hukumati Xitoyning harbiy mashg‘ulotlarini provokasiya deb atadi.