Xitoy rasmiylari strategik minerallarni xorijga noqonuniy olib chiqishning oldini olish uchun nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.
— Meral resurslarni strategik nazorat qilish manbadan boshlanib, butun zanjirni, jumladan, qazib olish, eritish, qayta ishlash, tashish, sotish va eksportni qamrab olishi kerak, — deya Xitoy Savdo vazirligi matbuot kotibidan iqtibos keltirgan Global Times gazetasi.
Xitoyning nodir yer minerallari bo‘yicha eksport nazorati AQSh mudofaa sanoatiga jiddiy zarba berishi mumkin, deb yozadi Global Times.
Avvalroq Global Times AQSh ommaviy axborot vositalariga tayanib, Xitoyning aprel oyida ba’zi o‘rta va og‘ir minerallar, jumladan, avionika uchun muhim bo‘lgan resurslarga eksport nazoratini o‘rnatish to‘g‘risidagi bayonoti AQShning oltinchi avlod F-47 qiruvchi samolyoti loyihasiga zarba berishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
4 apreldan boshlab Xitoy bir nechta noyob metallarni eksport qilishga cheklovlar kiritdi.
O‘shanda Xitoy Savdo vazirligi Xitoy hukumati noyob metallarga eksport nazorati o‘rnatayotgani haqida bayonot bergan edi.
Eksportga cheklovlar qo‘yiladigan noyob metallar ro‘yxatiga samarium, terbiy, skandiy, ittriy va boshqa yettita metal kiradi.
Ta’kidlash joizki, Xitoy yuqori texnologiyali qurilmalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan noyob metallarni yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.