Xitoy raisi Si Szinpin 17-21 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Braziliya Federativ Respublikasida bo‘ladi.
Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qilgan.
Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, Si Szinpin Braziliya prezidenti Lula da Silvaning taklifiga binoan tashrif buyuradi. Xitoy rahbari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan 19-katta yigirmatalik (G20) sammitida ham ishtirok etadi.