Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy Qishki olimpiya mukofoti dizaynini namoyish etdi

Xitoy Qishki olimpiya mukofoti dizaynini namoyish etdi

Pekinda joylashgan Qishki Olimpiya-2022 tashkiliy qo‘mitasi olimpiya va paralimpiya o‘yinlari mukofoti dizaynini namoyish etdi.

Medallarning old tomonida an’anaviy besh halqa tasviri tushirilib, atrofi tanlovning ingliz tilidagi to‘liq nomi bilan o‘ralgan. Ort tomoni markazida o‘yinlar timsoli, shuningdek, bo‘lajak turnirning xitoy tilidagi to‘liq nomi keltirilgan.

Medalning orqa tomoni yana 24 nuqtaga ega halqalar bilan bezatilgan bo‘lib, bu "cheksiz yulduzli osmon" va "inson hamda tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik"ni anglatadi. Shuningdek, bunda tartib raqami (XXIV) ham keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pekindagi Olimpiada 4–20 fevralda, Paralimpiada esa 4–13 martda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:43 27.10.2021. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!