Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi yil oxirida boshlanadi

A A A
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi yil oxirida boshlanadi

Bishkekda «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li bo‘yicha investision bitim imzolandi. Bitim Qirg‘iziston transport va kommunikasiyalar vaziri Absattar Sirgaboyev va «Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘l kompaniyasi» MCHJ direktorlar kengashi raisi Chjun Shenguy tomonidan imzolangan.

Hujjatlarni imzolash marosimida Qirg‘iziston tomoni, XXRning Qirg‘izistondagi Muvaqqat ishlar vakili Li Baojje va O‘zbekiston elchisi Saidikram Niyozxo‘jayev boshchiligidagi delegasiyalar ishtirok etgan.

Tadbir ishtirokchilari «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishi loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar transport infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasining muhim elementi bo‘lib, mamlakatlarga nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samara, balki mintaqalararo aloqalarni ham mustahkamlashini ta’kidladilar.

«Kabar» agentligi xabarga ko‘ra, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi joriy yil 27 dekabr kuni boshlanadi.

Kiritildi: 13:50 22.12.2024. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!