Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy oxirgi to‘qqiz oy ichida Rossiya gazining asosiy xaridoriga aylandi

Xitoy oxirgi to‘qqiz oy ichida Rossiya gazining asosiy xaridoriga aylandi

Bloomberg agentligining Xitoy bojxona ma’lumotlari va Rossiya Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida “Gazprom” Xitoyga 23,7 milliard kub metr tabiiy gaz eksport qilgan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan deyarli 40 foizga ko‘p.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy Yevropadan o‘zib ketdi. Bloomberg'ning qayd etishicha, yanvardan centyabrgacha “Gazprom” Ukraina va “Turk oqimi” gaz quvurlari orqali Yevropa davlatlariga 22,5 milliard kub metr gaz yetkazib bergan.

Iyul oyida Bloomberg agentligi Yevropa va Xitoy navbatma-navbat Rossiya gazining eng yirik xaridoriga aylanib, “Gazprom”ning asosiy bozori sifatida raqobatlashayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 23:10 21.10.2024. O'qildi: 1113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!