Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy “Oltin gumbaz”dan jiddiy xavotirda: Trampning loyihasi qurollanish poygasini qo‘zg‘atmoqda

Xitoy “Oltin gumbaz”dan jiddiy xavotirda: Trampning loyihasi qurollanish poygasini qo‘zg‘atmoqda

Xitoy Trampning “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini qurish rejasini tanqid qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning bu loyiha “kosmik makonning harbiylashtirilishi va qurollanish poygasining kuchayish xavfini oshirishini” bildirdi.

"Qo‘shma Shtatlar faqat o‘zining xavfsizligini ta’minlashni istaydi. Bu esa barcha davlatlar xavfsizligi tahdid ostida qolmasligi kerak degan prinsipga zid keladi va global strategik muvozanat hamda barqarorlikni izdan chiqaradi. Xitoy bu borada jiddiy xavotirda va AQShni ushbu tizimni rivojlantirishdan iloji boricha tezroq voz kechishga, yirik davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlovchi choralarni ko‘rishga chaqiradi", deya bayonot berdi Xitoy rasmiysi.

Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qo‘shma Shtatlarning ushbu rejasini “suveren qaror” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi loyihasini tanqid qilgan edi.

Kiritildi: 17:05 21.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!