Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy mojarosi: Tramp JSSTga ultimatum qo‘ydi

Xitoy mojarosi: Tramp JSSTga ultimatum qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ultimatum e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.

Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar JSSTni moliyalashtirishni butunlay to‘xtatadi va agar tashkilot 30 kun ichida ularning talablarini bajarmasa, a’zoligini qayta ko‘rib chiqadi.

18 may, dushanba kuni chop etilgan maktubida Tramp, shuningdek, AQSh hukumati tomonidan JSSTning faoliyati ko‘rib chiqilishi Vashingtonning "jiddiy xavotirlari"ni tasdiqlaganligini aytdi. U hujjatni tashkilotning bosh direktori Tedros Adan Gebreyesusga yubordi. AQSh prezidenti qo‘shimcha qilishicha, JSST tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan boshqa xavotirlarni, xususan, Xitoydan mustaqillik yo‘qligidan xavotirga tushganini qo‘shimcha qildi.

Oq uy aprel oyi o‘rtalarida JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora koronavirus tarqalishini yashirish tekshirilmaguncha o‘z kuchida qoladi. Prezident aprel oyi oxirida SARS CoV-2 va uning manbalari haqida ma’lumotni yashirishdan iborat bo‘lgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xitoy o‘rtasidagi kelishmovchilik haqidagi gipotezani tekshirishni buyurdi. 16 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu tashkilotga Xitoy singari moddiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:33 19.05.2020. O'qildi: 3102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!