Xitoy mamlakat shimoli-g‘arbidagi Szyusyuan kosmodromidan yangi sinov sun’iy yo‘ldoshini koinotga muvaffaqiyatli uchirdi.
“Sinxua” agentligi, ushbu eksperimental sun’iy yo‘ldosh Chanchjen-2S tashuvchi raketasi orqali uchirilganini ma’lum qildi. U allaqachon rejalashtirilgan orbitaga yetib borgan.
Kosmik kema sun’iy yo‘ldosh Internet texnologiyalari uchun sinov missiyalarini amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, bu uchirma Chanchjen seriyali raketaning 478-parvozi bo‘lgan.