Dunyo armiyalari gipertovushli raketalar va kamikaze dronlari haqida bahslashayotgan bir paytda, Xitoy harbiy texnologiyalarni rivojlantirishda butunlay boshqacha yo‘nalishni namoyish etmoqda. Xitoy Milliy Mudofaa Texnologiyalari Universiteti yashirin razvedka va maxsus operasiyalar uchun mo‘ljallangan chivin o‘lchamidagi mikrodronni namoyish etdi.
Xitoy deyarli vizual jihatdan aniqlab bo‘lmaydigan, radar tomonidan aniqlash juda qiyin bo‘lgan va na kichik uchuvchisiz uchish apparatlari, na razvedka guruhlari yetib bora olmaydigan joylarga kirishga qodir bo‘lgan yangi avlod razvedka aktivlariga o‘tmoqda.
Ko‘rsatilgan texnik xususiyatlar:
- Og‘irligi 0,3 grammdan kam;
- Qanotning qoqilish tezligi sekundiga 500 martagacha;
- Bionik dizayn hasharotlarning parvozini taqlid qiladi;
- Miniatyur kuzatuv va razvedka sensorlarini joylashtirish qobiliyati.