Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Jek Maning "Alibaba"sini milliylashtirmoqchi

Xitoy Jek Maning "Alibaba"sini milliylashtirmoqchi

Xitoy rasmiylari milliarder Jek Maga tegishli bo‘lgan "Alibaba" onlayn chakana savdosini milliylashtirishi mumkin.

The International Business Times manbalariga ko‘ra, kompaniyani milliylashtirish to‘g‘risidagi mish-mishlar kompaniya asoschisi Jek Ma yo‘qolganligi fonida paydo bo‘lgan, u 2 oy davomida aloqaga chiqmadi, deb xabar beradi Znak.com.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, tobora ko‘proq nufuzga ega bo‘lgan texnologiyalar sohasi ustidan aynan Jek Ma va uning kompaniyalari — Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan  Ant Group va Alibaba Group Holding Ltd nazorat o‘rnatgan.

"Milliylashtirishdan maqsad Jek Mani ushlab qolish ekanligi shubhasiz, – dedi Xitoy Davlat Kengashi Monopoliyaga qarshi siyosat qo‘mitasi maslahatchilaridan biri. – Bu otga jilov qo‘yganga o‘xshaydi".

Kiritildi: 15:16 12.01.2021. O'qildi: 4360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!