4 mart kuni Qohirada qabul qilingan ushbu reja asosida G‘azoda 6 oylik o‘tish davri uchun vaqtinchalik Ma’muriy qo‘mita tuzilishi ko‘zda tutilgan. Qo‘mita xolis texnokratlardan tashkil topib, Falastin hukumati homiyligida ish olib boradi. Barcha qarorlar falastinliklar tomonidan qabul qilinadi.
Misr va Iordaniya falastinlik polisiyachilarni tayyorlab, ularni G‘azoga yuborishi rejalashtirilgan.
Qohira falastinliklarni majburiy ko‘chirishga qarshi chiqib, tiklash ishlari falastin milliy manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, Misr va boshqa arab davlatlari Donald Trampning falastinliklarni boshqa davlatlarga ko‘chirish haqidagi taklifini rad etgan.