Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy G7ning so‘nggi bayonotini qoraladi

Xitoy G7ning so‘nggi bayonotini qoraladi

Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi G7 davlatlari rahbarlarining Pekinni ayblashga qaratilgan bayonotini qoraladi.

G7 rahbarlari o‘z bayonotida Xitoyni, ayniqsa Shinjonning musulmonlar mintaqasida inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirishdi va Gonkong muxtoriyatini qayd etishdi. Xitoy elchixonasi Shinjon, Gonkong va Tayvanning alohida ta’kidlanishini qat’iyan qoralashini bildirdi.

Xitoy diplomatlari xalqaro hamjamiyatga kelishmovchilik keltirib chiqaradigan siyosat emas, balki barcha mamlakatlarning birligi va hamkorligi zarurligini ta’kidladilar.

“Siz Xitoyning ichki ishlariga aralasha olmaysiz, Xitoy obro‘siga tuxmat qilolmaysiz va Xitoyning manfaatlarini buzolmaysiz. Biz milliy suverenitetimiz, xavfsizlik va rivojlanish manfaatlarimizni qat’iy himoya qilamiz va Xitoyga nisbatan qo‘llanilayotgan har qanday adolatsizlik va tajovuzlarga qarshi yaxshiroq kurashamiz”, deyiladi elchixona bayonotda.

Avval xabar berganimizdek, sammitda G7 davlatlari rahbarlari Xitoyga qarshi global loyihani yaratishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 17:05 14.06.2021. O'qildi: 2554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!