Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy BMTga SpaceX ustidan shikoyat qildi

Xitoy BMTga SpaceX ustidan shikoyat qildi

Xitoy rasmiylari amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegishli SpaceX xususiy kosmik kompaniyasi ustidan BMTning Koinot ishlari bo‘yicha boshqarmasiga shikoyat qildi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.

Pekinning bildirishicha, Mask tomonidan Starlink loyihasi doirasida iyul va oktyabr oylarida uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar Xitoy qurayotgan “Tyangun” kosmik stansiyasiga xavfli darajada yaqinlashgan. Natijada Xitoy apparati o‘z trayektoriyasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Ikkala hodisa paytida ham kosmik stansiyada xitoylik astronavtlar bo‘lgan. Xitoy tomonining fikricha, yuz bergan hodisalar amaldagi kosmik shartnomalarning buzilishidir.

Pekinning bayonoti ortidan Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Maskning SpaceX va Tesla kompaniyalarini boykot qilishga chaqiriqlar yangray boshlagan.

Kiritildi: 17:54 29.12.2021. O'qildi: 2940 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!