Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy AQShdan norozi

Xitoy AQShdan norozi

AQSh harbiy “8A Poseidon” samolyotining Tayvan bo‘g‘ozi uzra parvozi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi, Xitoy bunga keskin qarshilik ko‘rsatadi, dedi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi jangovar qo‘mondonligi Sharqiy hududi matbuot kotibi Shi I.

Avvalroq CNN telekanali AQSh Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga tayanib, Amerikaning “P-8A Poseidon” samolyoti juma kuni Tayvan bo‘g‘ozi ustida razvedka parvozi amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.

"Qo‘shma Shtatlarning ayni harakati qasddan aralashuv, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish, Tayvandagi tinchlik va barqarorlikka zarar yetkazishga urinishdir, Xitoy bunga keskin qarshilik qiladi", dedi Shi I o‘z bayonotida.

Mulozim jangovar qo‘mondonlikning Sharqiy hududi qo‘shinlari doim yuqori shaylik holatini saqlab, davlat suvereniteti va mamlakat hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qilishini ta’kidladi.

Pekin AQSh bilan munosabat keskinlashuvi, jumladan, Tayvan muammosi tufayli muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazadi, va patrul xizmatini olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, XXR markaziy hukumati va ushbu orol-provinsiya o‘rtasidagi rasmiy aloqa 1949 yilda, Kommunistik partiya bilan kechgan fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan so‘ng uzilgan. Orol va materik Xitoy o‘rtasida biznes hamda norasmiy aloqa 1980 yillar oxirida tiklandi. 1990 yillar boshida tomonlar nodavlat tashkilotlar - Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqani rivojlantirish bo‘yicha Pekin assosiasiyasi va Taypey bo‘g‘ozi almashinuv fondi orqali aloqa munosabat o‘rnatdilar.

Kiritildi: 15:10 25.06.2022. O'qildi: 4994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!