Xitoyning eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri – China Life Insurance direktorlar kengashining sobiq raisi Van Venbin o‘lim jazosiga hukm qilindi va sud ijrosi ikki yilga kechiktirildi. Tegishli qaror Jinan shahri (sharqidagi Shandun viloyati) oraliq xalq sudi tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyasi.
Kompaniya partiya qo‘mitasini ham boshqargan sobiq amaldor pora olish, shuningdek, xorijdagi mol-mulkni yashirishda aybdor deb topildi. Sud qarorida aytilishicha, ikki yillik muhlatdan keyin qonunga muvofiq jazo ozodlikdan mahrum qilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi. Van Venbinning barcha shaxsiy mol-mulki davlatga musodara qilinadi.
Van Venbin 1997 yildan 2021 yilgacha turli davlat lavozimlarida ishlagan. Bu vaqt ichida u bevosita yoki uchinchi shaxslar orqali umumiy qiymati 325 million yuan (45,7 million dollar) miqdorida pora olgan. Bundan tashqari, u 56,42 million yuanga yaqin (7,9 million dollar)ni noqonuniy ravishda chet elda yashirgan.
Sobiq amaldorga 2023-yil yanvarida ayblovlar qo‘yilgan.