Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy aholisi kamaymoqda

A A A
Xitoy aholisi kamaymoqda

Xitoy aholisi 2023 yilda 2 million kishiga kamaydi, deya xabar berdi Anadolu

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda Xitoy aholisi 1 milliard 409 million kishini tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 2,08 million kishiga kam.

Qayd etilishicha, pasayish ketma-ket ikkinchi yil sodir bo‘lmoqda.

Shunday qilib, Xitoy aholisi 1960 yillar boshidagi qurg‘oqchilik va ocharchilikdan keyin birinchi marta 2022 yilda kamaydi.

2023 yilda Xitoyda 9,56 million yangi tug‘ilgan chaqaloq va 11,1 million o‘lim qayd etilgan.

Tug‘ilish darajasi milliy rekordlar 1949 yilda boshlanganidan beri eng past darajaga tushib, 6,39 promilleni tashkil qildi. Xitoyda tug‘ilish darajasi 2022 yilda 6,77 promillega kamaydi.

Kiritildi: 21:22 17.01.2024. O'qildi: 2615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!