Xitoyning Xiaomi texnologik kompaniyasi o‘zining birinchi "CyberDog" deb nomlangan robot-itini taqdim etdi.
CyberDog Nvidia'ning mustaqil qurilmalar uchun mo‘ljallangan Jetson Xavier NX moduli bilan jihozlangan. Kompaniya uni "sun’iy intellektning eng kichik superkompyuteri" deb atadi.
Robot itning vazni uch kilogrammni tashkil etadi. Sekundiga uch metr tezlikda harakatlanishga qodir bo‘lgan bu qurilma yarim avtonom rejimda harakatlanishini ta’minlaydigan datchiklar va kameralar bilan jihozlangan.
CyberDog'ni maxsus dastur yordamida boshqarish mumkin. Robot atrof-muhitni tahlil qilish, transport chaqirish, manzilni aniqlab, to‘siqlardan qochish imkoniyatlariga ega.
Bundan tashqari, ushbu robot "Sohibga ergash, panjangni ber, orqaga buril" kabi ovozli buyruqlarni ham analiz qilib, bajara oladi.
Xiaomi birinchi bosqichda kompaniya muxlislari, muhandislari va robototexnika ixlosmandlari uchun ming dona CyberDogs ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Uning narxi 1500 dollar atrofida bo‘ladi.