Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xiaomi ertagayoq taqdim etayotgan Redmi X flagmanining narxi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi!

Xiaomi ertagayoq taqdim etayotgan Redmi X flagmanining narxi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi!

Xitoycha Apple hamyonbop smartfonlar turkumidagi Redmi X flagmanining taqdimot kunini hali yanvarning oxiridayoq rasman aytgan edi. Ammo keyinchalik bu model yong‘oqchaqar Redmi Note 7 va boshqa gadjetlar haqidagi xabarlarning soyasida qolib ketgan .

Xiaomi o‘sha rasmiy taklifnomasida ma’lum qilgan ma’lumotlar uning 15 fevralda rasman namoyish etilishi va uning ekrani daktiloskopli ilk Redmi smartfoni ekanligidir. Endi esa iGeekPhone resursi uning kutilayotgan texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Redmi X hali yaqindagina taqdim qilingan Snapdragon 712 prosessori bazasida ishlaydi. Xotira hajmiga kelsak, bu smartfon 4/64 gigabaytlikdan 8/256 gigabaytlikkacha konfigurasiyalarda taqdim etiladi.

Redmi X ning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uch modulli (48, 20 va 8 MPlik) bosh kamerasidir. Bundan tashqari, mazkur smartfon selfi ishqibozlari uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Ushbu devaysning 6,6 dyuymlik ekranidagi tomchisimon kemtik da naq 20 va 8 megapiksellik sensorlardan iborat qo‘shaloq old kamera joylashgan!

Smartfonning akkumulyatori 4500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega va u 27 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi X modelining narxi 222 dollardan boshlanadi.

Manba: terabayt. uz

Kiritildi: 08:00 16.02.2019. O'qildi: 4013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!