Xitoyning kommunikasiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi giganti Xiaomi hamda Chengdu Yibu Technology Co., Ltd. kompaniyasi hamkorlikda basketbolchilar uchun o‘ziga xos bo‘lgan krossovka yaratishdi. U Easy Step Classic Basketball Shoes, deb ataladi.
Krossovkaning o‘ziga xosligi shundaki, poyafzalning ustki qismi mustahkam super-fibrdan qilingan. Bu material juda xushbichim ko‘rinadi, shamollatish tizimiga ham ega va uzoq vaqt mobaynida ado bo‘lmaydi. Easy Step Classic Basketball Shoes’ning tagligi CARJ-FOX materialidan qilingan. U yeyilib ketmaydigan material qo‘shilib yasalgan yuqori elastikli rezinadan tayyorlandi. Taglikka ishlatilgan tarkib zarba kuchini pasaytiradi va yerdan yaxshi sakraydi. Basketbol krossovkaning ichida sirpanmaydigan va bakteriyaga qarshi to‘shama bor. U poliuretandan qilingan bo‘lib, oyoqning poyafzal ichiga yaxshi joylashib olishini ta’minlaydi.
Easy Step Classic Basketball Shoes basketbol krossovkalari Xiaomi’ning kraudfandingida sotilmoqda. Krossovkalar qora-qizil, qora-oq va to‘q-sariq rangida chiqarilmoqda. Narxi — 45 AQSh dollari turadi. Hozircha yangi sport poyafzali Xitoy bozorida sotilmoqda, xalqaro bozorga qachon chiqarilishi haqida ma’lum qilinmagan.
Manba: terabayt.uz