Xerson viloyati gubernatori Vladimir Saldoning ma’lum qilishicha, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasiga berilgan zarba oqibatida viloyatning 450 ta aholi punktida 330 mingdan ortiq aholi elektr energiyasisiz qolgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan tun «dushman tomonidan energetika infratuzilmasiga berilgan xiyonatkor zarba» natijasida «Jankoy — Melitopol» yo‘nalishidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi shikastlangan.
Vladimir Saldo ta’kidlashicha, Qora dengiz mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi (RDU) mutaxassislarining tezkor harakatlari tufayli soat 02:50 ga kelib Xerson viloyatida elektr ta’minoti zaxira sxemasi orqali tiklangan. Ayni paytda barcha iste’molchilarni bosqichma-bosqich ulash ishlari olib borilmoqda.