Ijtimoiy tarmoqlarda to‘liq zulmatda portlashlar eshitilayotgani aks etgan videolar joylashtirilmoqda. Ularga ko‘ra, Ukraina tomonidan Nova Kaxovkadagi GES to‘g‘oni bo‘ylab yo‘l, shuningdek Xersondagi va Dnepr bo‘yidagi boshqa joylar o‘qqa tutilmoqda.
Yarim tunda rus harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilayottan holatda Dneprni qayiqlarda kesib o‘tayotgani xabar qilinmoqda.
Shuningdek, ba’zi xabarlarda Ukraina bo‘linmalari yoki hech bo‘lmaganda ularning ilg‘or guruhlari Xersonga yaqinlashgani yoki hatto ular allaqachon Xersonda ekanligi haqida bayonotlar mavjud.