Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

XDP saylovda ishtirok etishini e’lon qildi

XDP saylovda ishtirok etishini e’lon qildi

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berilgandan so‘ng, barcha siyosiy partiyalar saylovda faol ishtirok etishi yuzasidan rasmiy chiqishlar qilmoqda.

Dastlab O‘zLiDeP, keyin “Milliy tiklanish” va “Adolat” SDP saylovda qatnashishini e’lon qildi.

Bugun, 27 iyul kuni Xalq demokratik partiyasi ham saylovda faol ishtirok etish istagini bildirdi.

"Muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish partiyamiz uchun keng imkoniyat va albatta katta mas’uliyatdir.Saylov jamiyatimizdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surish, xalqimiz xohish-irodasini bilish, ko‘proq deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritishga sharoit yaratadi.

Saylovda g‘alaba qozonish, parlamentda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lish, mahalliy Kengashlardagi deputatlarning ustunligiga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishni rejalashtirganmiz", - deyiladi partiya bayonotida.

Saylovlar shu yilning 27 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:09 27.07.2024. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!