Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«XAY-XAY TV». ERTANGI TELEDASTURLAR…

A A A
«XAY-XAY TV». ERTANGI TELEDASTURLAR…

04: 00 da: Oyparastlar uchun «Osmondagi oyimdan, tomorqadagi loyimdan»ko‘rsatuvi;

05: 00 da: Farg‘ona vodiysi nonvoylari faoliyati haqida hikoya qiluvchi «Ustoz-shogird» turkumidan «O‘v, tandirni qizitmabsan-ku, qizitaloq! Bir urib chalpak qip qo‘yaymi?» deb nomlangan telefilm efirga uzatiladi;

06: 30 da: Ko‘p xotinli erkaklar uchun «Imperator» ko‘rsatuvi;

08: 00 dan 10: 00 gacha tanaffus;

10: 00 da: «Anjancha salomlashamiz» ruknidagi navbatdagi ko‘rsatuv efirga uzatiladi. «Ikki do‘st uchrashuvi»

«— Vey, ming yo‘l bo‘ldi-yov ko‘rishmaganimizga!.. Qalaysan, haromi?..»

«— Yaxshiman. O‘zing-chi, iflos?..»

Ko‘rsatuv davomida xuddi shu salomlashishning salomatlik va odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibatga ta’siri xususida so‘z yuritiladi.

11: 00 da: Qashshoq va yurak kasaliga yo‘liqqanlar talabiga ko‘ra, «Eshiklar yopiladi, keyingi mehmon gazchilarmish» ko‘rsatuvini tomosha qilasiz;

12: 45 da: Jamiyat uchun illat hisoblanmish fohishabozlikka qarshi kurash doirasidagi «Tungi kapalak — bu arvoh kapalak» ko‘rsatuvi;

13: 45 dan 18: 00 gacha profilaktika;

18: 00 da: Havaskor shoira Oybegim Quyoshbek qizi o‘zining «Hm-m… Savil-ey» deb nomlangan yangi she’rini she’riyat muxlislariga havola etadi;

18: 30 da: Qandli diabet xastaligini bartaraf etish masalasiga bag‘ishlangan«Shakarim» ko‘rsatuvi efirga chiqadi. Ko‘rsatuvda tibbiyot fanlari nomzodi Asalxon Orzuqilovna ishtirok etadi;

19: 30 da: «Siz uy hayvonlarini sevasizmi?» ko‘rsatuvini tomosha qiling. Ko‘rsatuvni xorijlik yetuk mutaxassis Kim Sen It xonim olib boradi;

20: 30 da: «Suvaraklardan qanday qutulay?..» Bu ko‘rsatuvda professor Stas Saranchayevning qimmatli maslahatlarini tinglaysiz.

22: 00 da: Otarchilar hayotiga bag‘ishlangan «Tomsuvoqqa xushim yo‘q» tahliliy ko‘rsatuvini e’tiboringizga havola etamiz. Ko‘rsatuv davomida aynan otarchilarimizning jonli qo‘shiqlaridan ham tinglash baxtiga musharraf bo‘lasiz.

01: 00 da: Uyqusizlik kasaliga yo‘liqqanlar uchun «Xayrli tong, xayrli tong va yana xayrli tong… Yoki Olimtoy, qo‘radagi qo‘ylar nechtaykin?» hajviy telejurnalimizni miriqib tomosha qiling.

HORDIQ.UZ

Kiritildi: 19:22 08.06.2018. O'qildi: 2855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik