Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xatardan ogoh bo‘ling! Chet eldagi o‘zbek kelinlari ro‘yxati tuziladi

Xatardan ogoh bo‘ling! Chet eldagi o‘zbek kelinlari ro‘yxati tuziladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 22 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida chet el fuqarolariga turmushga chiqib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatidan chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxati shakllantirilgan. Qo‘mita O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ayollarning yashash sharoitini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Kelgusida butun respublika bo‘ylab chet elga kelin bo‘lib ketgan ayollar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan bog‘lanish va turmush sharoitini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

Bundan avval, andijonlik SH.Davlatova Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tib, doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Biroq, qiz ma’lum vaqt o‘tib, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasiga yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilib O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 11:09 23.04.2019. O'qildi: 4223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!