AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News telekanaliga egalik qiluvchi Amerikaning Paramount Global media-xoldingi oktyabr oyida prezidentlikka Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris bilan bo‘lgan intervyusi yuzasidan da’voni hal qilish uchun 16 million dollar to‘laganini aytdi.
Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Biz hozirgina 60 Minutes, CBS va Paramountga qarshi tarixiy da’vomizda katta va muhim g‘alabaga erishdik. Bugun 60 Minutes, CBS va Paramount da’voni hal qilish uchun 16 million dollar to‘ladi", deb yozdi Tramp. "Bu biz keng tarqalgan firibgarlik va aldashlari uchun javobgarlikka tortilayotgan soxta yangiliklar mediasiga qarshi uzoq davom etgan g‘alabalar qatoridagi navbatdagi g‘alaba", - dedi Amerika rahbari.
Tramp, shuningdek, reklama orqali “yangi egalardan” yana 20 million dollar olishni kutayotganini ta’kidladi. Avvalroq Paramount kompaniyasi Skydance Media mediaxoldingi bilan birlashishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.