AQSh vise-prezidenti va Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris yakshanba kuni Vashington Isroilga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish niyatida ekanini ta’kidladi, deb xabar beradi Sky News Arabia.
Xarris CBS telekanaliga bergan intervyusida Vashington garovga olinganlarni ozod qilish imkonini beruvchi kelishuv orqali Isroilga o‘t ochishni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishda davom etishini aytdi.
U shuningdek, «Vashington Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumati bilan gumanitar yordam, urushni tugatish va kelishuvga erishish borasida diplomatik ishini davom ettirishini va bu sa’y-harakatlarni to‘xtatmasligini» ta’kidladi.