Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan ajoyib g‘alaba.
Hamyurtlarimiz shiddatli ruhda kechgan final jangida yaponiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylanishdi.
Bu qilichbozlik sportida Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal. Barakalla, qizlar!