Falastinning XAMAS harakati AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoffning G‘azo sektori bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi yangi taklifini rad etadi.
Bu haqda Britaniyaning BBC radioeshittirish korporasiyasi XAMAS vakiliga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, XAMAS Uitkoffning Isroil ma’qullagan taklifiga rozi bo‘lmaydi, chunki bu radikallarning asosiy talablariga, jumladan, urushni tugatishga ham javob bermaydi.