BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Jeremi Lourens XJSning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun bergan orderiga shunday munosabat bildirdi.
"Rim statuti qatnashchi-davlatlari XJS qarorini hurmat qilishi va bajarishi lozim. BMT vakillari Rim statutiga muvofiq, XJS yurisdiksiyaga ega bo‘lgan barcha hodisalarda uning mustaqilligi va vakolatlarini hurmat qiladi", — deya ta’kidladi Lourens.