Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi lisey ustidan Oliy Sudga berilgan ariza rad etildi

Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi lisey ustidan Oliy Sudga berilgan ariza rad etildi

Avvalroq, advokat Abduvohid Yoqubov qizi Nozima Abduqahhorova Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi akademik-liseyda ro‘mol o‘rab yurish huquqini talab qilgani, shuningdek Xalqaro Islom Akademiyasining sobiq talabasi Mo‘minjonova Luiza ro‘moli sababli darslarga qatnasha olmay, o‘qishdan chetlatilgani munosabati bilan sudga ariza bergan edilar. Birinchi va ikkinchi instansiyalarida, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi va Toshkent shahar sudi ishlarni ko‘rib chiqib, arizachilarni qoniqtirmagan edi. Shundan so‘ng, arizachi advokat Abduvohid Yoqubov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga 2019 yilning 28 mart kuni ariza bergan. Shu yilning 8 may kuni arizaga javob xati keldi. Bu xat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Xatdagi ajrimga ko‘ra Oliy Sud bu arizani "nazorat shikoyati keltirilgan vajlar sud qarorlarini bekor qilish va arizani qanoatlantirish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilish uchun asos bo‘lmaganligi" sababli rad qilgan.

Shuningdek, arizachilarga qaror yuzasidan noroziliklari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi yoki uning o‘rinbosariga shikoyat qilishlari mumkinligi aytib o‘tilgan.

Endilikda Xalqaro Islom Akademiyasining sobiq talabasi Mo‘minjonova Luiza o‘z arizasiga Oliy Sudning javobini kutmoqda.

Kiritildi: 18:03 23.05.2019. O'qildi: 5325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!