Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xalq ta’limi vazirligi rahbarlik lavozimlariga ishga taklif qilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi rahbarlik lavozimlariga ishga taklif qilmoqda

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridagi viloyat xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari vakant lavozimlariga bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qilindi.

Vazirlik ushbu lavozimlarga birinchi marta ochiq tanlov o‘tkazmoqda. Avvallari xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarini tayinlash tizimi shaffof emasligi bois bir qancha savollar yuzaga kelar edi, deyilgan xabarda.

Hozirda ish.uzedu.uz saytiga tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi maktablar, xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek Xalq ta’limi vazirligining respublika tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur tizim O‘zbekistonning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bo‘sh ish o‘rinlarini ochiq e’lon qilinishi nomzodlarning ma’lumotlar bazasini yaratishga hamda eng yaxshi nomzodlarni tanlab olishga imkon beradi.

Xalq ta’limi vazirligining Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Karimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi barcha jarayonlarning oshkoraligini ta’minlash ustida ish olib borilmoqda.

Bo‘sh ish o‘rinlarining jamoatchilikka ochiq e’lon qilinishi orqali nomzodlar tanlashda raqobat kuchaytiriladi. Bu esa o‘z navbatida malakali mutaxassislarni tanlash imkoniyatini yuzaga keltiradi.

Kiritildi: 14:46 11.01.2019. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!