Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xalq ta’limi vazirining Davlat tilida gapirmagani e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirining Davlat tilida gapirmagani e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Ochiq muloqot davom etmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda tartibsizlik yuzaga kelishiga vazir Sherzod Shermatovning jurnalistlar savollariga aniq javob bermasligi asosiy sabab bo‘ldi. Qolaversa, vazir ushbu muloqotda istar-istamas kayfiyatda o‘tirgani ham ishtirokchilarni junbishga keltirdi. 

Masalan, Toshkent shahrida asosan viloyatdan kelganlar ishlaydi. Ota-onalar imkon qadar ishxonasi va uyiga yaqin joyga farzandini maktabga joylashtiradi. Endi keyingi farzandlarini maktabga joylashtiradigan bo‘lsa, mikrohudud jihatdan to‘g‘ri kelmasa, boshqa farzandini boshqa maktabga joylashtirishga majbur bo‘lib qolmaydimi? Bu ota-onalarga ishga borish vaziyatlariga noqulaylik to‘g‘dirmaydimi? 

Mana shu kabi savollarga SH.Shermatov to‘liq tushuncha bera olmadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 7 iyundagi 469-sonli qarori bo‘yicha ham savollar ko‘pligi sababli muloqotda chalkashliklar yuzaga keldi. Ba’zi jurnalistlar tomonidan mavzuga oid bo‘lmagan savollar berilishi, ota-onalarning savol bilan yuzlanishi tufayli tortishuvlar yuzaga keldi. 

Ochiq muloqotda SH.Shermatovdan to‘liq Davlat tilida so‘zlashish so‘raldi. O‘z navbatida, vazir ham bundan ikki yil oldin vazir bilan hech kim shunday ochiq muloqotda bo‘la olmaganini va o‘zining vazir ekanini, shunga yarasha hurmat saqlanishini eslatdi.

Tadbir davom etmoqda.

Kiritildi: 16:38 19.06.2019. O'qildi: 3070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!