Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xalq ta’lim vazirligi: O‘quvchilarning sochini o‘lchash bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan!

Xalq ta’lim vazirligi: O‘quvchilarning sochini o‘lchash bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlar e’lon qilindi. O‘zbekiston Xalq ta’lim vazirligi ushbu fotosuratlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq berilmagan.

Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori bilan  davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan. Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, o‘quv yili davomida o‘z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta’lim maktablariga kelishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadilar, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Kiritildi: 17:05 28.02.2020. O'qildi: 2006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!