Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xabar rad etildi: Andijonda Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylar qaytarib olinmagan (video)

Xabar rad etildi: Andijonda Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylar qaytarib olinmagan (video)

Shu kunlarda OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylarning qaytarib olingani haqidagi videolavha tarqatildi, deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati xabarida.

 

Jumladan, fuqaro Xurshida Tillayeva tomonidan yo‘llangan videomurojaat keng jamoatchilikda uylar o‘z egalariga ko‘zbo‘yamachilik uchun taqdim etilgan, degan fikr uyg‘otdi.

Shu sababli «Yuksalish» umummilliy harakati vakillari voqeani o‘rganish va murojaatda bildirilgan fikrlar qanchalik haqiqatga yaqinligiga oydinlik kiritish maqsadida mazkur oila va fuqaro X.Tillayeva bilan uchrashdi.

Suhbat va o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, OAVlarda tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, mazkur oila bugungi kunda taqdim etilgan xonadonga ko‘chib o‘tgan va u yerda istiqomat qilmoqda.

«Yuksalish» umummilliy harakati fuqaro Xurshida Tillayeva va uning onasi tomonidan berilgan ob’ektiv fikrlarni taqdim etar ekan, barcha OAVlarni jurnalistlar kasb etikasiga amal qilishga, mahalliy blogerlarni esa turli provokasiyalarga uchmaslikka chaqiradi.

Kiritildi: 09:47 30.05.2019. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!