Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi "San’at va dunyo" mavzusida o‘tkaziladi

X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi "San’at va dunyo" mavzusida o‘tkaziladi

Misrning "Sada al-Balad" axborot agentligi X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tishi haqidagi maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda shu yil 14-18 oktyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Bu yilgi biyennale mavzusi "San’at va dunyo" mavzusida tashkil etiladi, deb ta’kidlangan materialda.

2001 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazilayotgan mazkur biyennale tasviriy san’at sohasida madaniy almashinuv, turli mamlakatlar zamonaviy ijodiy salohiyati bilan tanishish, zamonaviy san’atning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun ochiq maydon hisoblanadi.

"Biyennaleda taqdim etiladigan asarlar insonparvarlik qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi turli badiiy ifodalarni aks ettiradi.", – deb qayd etgan "Sada al-Balad" AA.

Kiritildi: 14:15 22.06.2024. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!