Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi

WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi

Julian Assanj garov evaziga ozod qilindi va Buyuk Britaniyadan chiqib ketdi, dedi uning sheriklari. WikiLeaks asoschisi 18 ta ayblovdan biri bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
London Oliy sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozod qildi. Bu haqda 25-iyun, seshanbaga o‘tar kechasi WikiLeaks vakillariga tayanib Uzreport AA xabar berdi. Assanj 24 iyun kuni ertalab Britaniyaning eng yuqori darajadagi Belmarsh qamoqxonasini tark etdi va keyinroq London Stansted ayeroportida samolyotga o‘tirdi va Buyuk Britaniyadan uchib ketdi, dedi uning sheriklari. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, WikiLeaks yaratuvchisi 1901 kunni jazoni ijro etish muassasasida o‘tkazgan.
The Washington Post va CNN sud hujjatlariga tayanib yozishicha, Assanj tergov bilan 18 ta ayblovdan birida aybini tan olish uchun dastlabki kelishuvga erishgan. Bitim hali rasman yakunlangani yo‘q, deya ta’kidladi WikiLeaks.

Kiritildi: 11:35 25.06.2024. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!