Foydalanuvchilar qabul qilingan xabarlarni 6 ta tilga, jumladan rus, ingliz, arab, ispan, portugal va hind tillariga tarjima qilishlari mumkin.
– Bu jarayon tezda amalga oshiriladi. Til tanlanganidan so‘ng, WhatsApp foydalanuvchidan tarjima uchun kerakli til paketini yuklab olishni taklif qiladi. Tarjimadan so‘ng xabar muvaffaqiyatli tarjima qilinganligini bildiruvchi yangi belgi paydo bo‘ladi, - deyiladi xabarda.
Maxfiylik nuqtai nazaridan shifrlash doimiy ravishda amalga oshiriladi va hech qanday ma’lumot qurilmadan tashqariga uzatilmaydi. Hozirda xabarlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga ham tarjima qilish imkoniyati ishlab chiqilmoqda.